Dengiz tubida 65 yil avval falokatga uchragan samolyot topildi
Turkiyaning qidiruv-qutqaruv suv osti kemasi dengiz tubida 65 yil avval falokatga uchragan yo‘lovchi samolyotini topdi. Topilgan samolyot motoridan tashqari deyarli shikastlanmagan.
Voqea 65 yil avval Turkiyaning Qizilada oroli yaqinida yuz bergan. Falokatga Air France aviakompaniyasining Parijdan Tehronga tungi reysni amalga oshirayotgan samolyoti uchragan.
O‘shanda 32 yo‘lovchi va ekipajning 8 a'zosi omon qolgan, 4 kishi halok bo‘lgan. Samolyot sardori texnik nosozlik sababli favqulodda qo‘nishni amalga oshirishga majbur bo‘lgan. Sardorga zulmat tunda hozirda ham faoliyat yuritadigan mayoqning chiroqlari mo‘ljal bo‘lib xizmat qilgan. Qizig‘i, yo‘lovchilarning hayotini saqlab qolgan mayoq fransuz arxitektori tomondan qurilgan bo‘lgan.
Suv osti kemasi samolyotni zamonaviy qurilmalar yordamida 250 metrga yaqin chuqurlikda aniqlagan. Ta'kidlanishicha, ushbu qurilmalar 3000 metrgacha chuqurlikdagi obektlarni aniqlay oladi.
Mavzuga oid
18:57 / 04.12.2024
Antalyada yongan Superjet: inqirozga yuz tutgan Rossiya aviasanoati
14:11 / 29.11.2024
Varshavada samolyotda uchishga ruxsat berilmagan o‘zbekistonlik fuqaroga yordam ko‘rsatildi
14:01 / 15.11.2024
Lavrov samolyotiga xorijda yonilg‘i quyishdan bosh tortishayotganidan shikoyat qildi
21:10 / 10.11.2024