Jamiyat | 15:52 / 13.02.2018
22601
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroning Jondor tumanida er o‘z turmush o‘rtog‘ining qotiliga aylandi

Buxoro viloyatining Jondor tumanida qotillik yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 6 fevral kuni soat 09:00larda Jondor tumanida Yangiobod MFY Chandir qishlog‘ida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan S.R. shu qishloqda yashovchi qarindoshi (amakisi)  G‘.Sh.ning uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashagan turmush o‘rtog‘i Z.R.ning yuziga qo‘li bilan urib, so‘ngra bosh qismiga yog‘och bo‘lagi bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada Z.R. voqea joyida vafot etgan. S.R. qo‘lga olingan.

Mavzuga oid