Fan-texnika | 21:41 / 19.02.2018
10515
2 daqiqa o‘qiladi

Endi inson salomatligi holatini teridagi displeydan bilish mumkin

Foto: Takao Someya/Research Group

Yapon olimlari elektron teri formatidagi displeyni ishlab chiqishdi — moslashuvchan elektr o‘tkazuvchi tasmani  foydalanuvchi terisiga yopishtirish mumkin, u esa hayotiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlarni sanaydi. Teridagi displey LED'lar bilan qoplangan, u bemorga birinchi yordam ko‘rsatishni yengillashtirish maqsadida doimo tibbiy ma'lumotlarni ko‘rsatishi mumkin. Engadget shu haqida ma'lum qildi. 

Ishlanma Tokio universiteti olimlariga tegishli. Ular yarim o‘tkazgichlarning rivojlanishi o‘ta yupqa elastik tasmada to‘laqonli ko‘p funksiyali elektronikani joylash imkonini keltirib chiqarganini ta'kidlashmoqda. Ular o‘z terilariga kardiogramma qiluvchi va puls o‘lchovchi datchiklar o‘rnatishgan. Bunda simsiz ma'lumotlar smartfon bilan sinxronlashadi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri "bulut"ga yo‘llanadi. Bu o‘z-o‘zidan ishlanmani foydali qiladi, biroq yaponlar ularning "elektron terisi"ni ajratib turuvchi jihati — ma'lumotni ifodalay olish xususiyati deya qayd etishadi.

"Teri" datchiklardan tashqari, mayda diodlardan tashkil topgan. Ular birgalikda datchiklar tomonidan olingan ma'lumotni aks ettirish mumkin bo‘lgan ekranni hosil qiladi. Unda puls yoki kardiogramma ko‘rsatkichlari namoyish qilinadi. Olimlar buni organizmni kuzatishning qulay usuli deb hisoblashadi. Ko‘p holatlarda bu ma'lumot iste'molchining o‘zi uchun foydali bo‘ladi.

Olimlarning aytishicha, bir hafta davomida tasmadan foydalanish — yurak-qon tomirlari kasalliklari diagnostikasi uchun samarali muddat. 

Mavzuga oid