Fan-texnika | 21:20 / 19.02.2018
6181
2 daqiqa o‘qiladi

Ilon Mask Vashingtonda Hyperloop stansiyasini qurishga ruxsat oldi

Foto: Xaytek

Vashington (Kolumbiya okrugi) Ilon Maskning The Boring Company'siga National Mall savdo markazi yonida avtoturargoh tomonidan band qilingan uchastkada tayyorgarlik ishlarini olib borishga ruxsat berdi. 

Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bu yerda tezkor Hyperloop poyezdlari stansiyasi paydo bo‘lishi mumkin. Washington Post'da xabar qilingan ruxsatnoma Hyperloop yer osti tunnellarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini o‘rganayotgan shahar transport departamenti rejasining bir qismidir.

"Nyu-York avenyudagi uchastka transport tarmog‘i stansiyasi bo‘lishi mumkin", deya ma'lum qiladi kompaniya vakili. O‘tgan yili The Boring Company tashqi ko‘rinishi o‘zgartirilgan Hyperloop varianti -  avtomobillarning magnit levitatsiyali chanalarda harakatlanishini namoyish qilgan edi. 

2017 yilning oxirida shtat gubernatori Merilend Larri Xogan kompaniya bilan "Baltimor va Vashington o‘rtasida tezkor elektr transport" liniyasi qurilishi bo‘yicha hamkorlik qilayotganini tasdiqlagandi. 

Mavzuga oid