Mozambikda 17 kishi chiqindilar ostida qolib ketdi
19 fevralda Mozambik poytaxti Maputuda kuchli yomg‘irlar sababli chiqindilar tepaligi odamlarni bosib qoldi. Oqibatda chiqindilar ostida qolib ketgan 17 kishi halok bo‘ldi. Shuningdek, bir nechta uy vayron bo‘lgan, minglab odamlar o‘z uylarini tark etganlar.
Hukumat qurbonlar ko‘proq bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda, qidiruv ishlari olib borilmoqda. Mahalliy OAV voqea yuz bergan joydagi chiqindilar tepaligining balandligi 3 qavatli binodek kelganini ma'lum qilgan.
“Chiqindilar uyumlari uylarni bosib qolgan, ko‘pchilik oilalar bu vaqtda uylari ichida bo‘lganlar”, deb ma'lum qilgan mamlakatning favqulodda vaziyatlar vaziri Fatima Belshuir.
Ushbu chiqindixona Maputudagi eng katta obekt hisoblanib, odamlar bu yerda chiqindilarni titib, yegulik va sotish uchun narsalar qidirganlar.
Ta'kidlanishicha, tibbiy xodimlar anchadan beri chiqindixonadan chiqadigan bug‘lar, pashshalar va boshqa xavflardan xavotir bildirib kelishgan.
Mavzuga oid
14:36
Mozambikda siklon 100 ga yaqin kishini hayotdan olib ketdi
15:01 / 02.09.2024
“Hech qanday yong‘in holati sodir bo‘lmagan” – Yangiyo‘ldagi chiqindixona bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
15:15 / 16.07.2024
Toshkent viloyatida noqonuniy chiqindixona tashkil etgan shaxs qariyb 4 yilga qamaldi
09:48 / 03.03.2024