Jahon | 10:55 / 24.02.2018
6313
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Al-Qudsda 3 oydan keyin elchixonasini ochmoqchi 

Foto: Reuters

AQSh hukumati 2018 yil may oyida Al-Qudsda elchixona ochmoqchi. Bu haqda AQSh ma'muriyati vakillari Reuters axborot agentligiga ma'lum qilishgan. Noma'lum qolish sharti bilan manbalardan biri elchixona ochilishi Isroil mustaqilligining 70 yilligiga bag‘ishlanishini ma'lum qilgan. Bir necha soatdan keyin bu xabar AQSh davlat departamentida tasdiqlangan. 

Ushbu sana AQSh hukumati rejalari o‘zgarib, Tel-Avivdagi elchixonasini ko‘chirish jarayonini tezlashtirish istagidan darak beradi. Yanvar oxirida AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens Isroil knessetidagi nutqida AQSh o‘z elchixonasini Al-Qudsga 2019 yil oxirigacha ko‘chirishini ma'lum qilgandi.

Ta'kidlanishicha, AQSh hukumatining may oyida yangi elchixonasini ochish qarorini Isroil razvedka vaziri Israel Kats ijobiy baholab, AQSh prezidenti Donald Trampga minnatdorlik bildirgan va uni mustaqillik kuni uchun “ajoyib sovg‘a” deb atagan.  

Elchixona hozirda konsullik bo‘limi ishlayotgan binoga, 2019 yil oxirigacha esa alohida binoga ko‘chib o‘tadi. Davlat departamentida ma'lum qilinishicha, hozirda yangi elchixona uchun joy izlash ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid