Sport | 14:36 / 24.02.2018
12852
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘l jangi bo‘yicha jahon chempionati va kubogiga saralash bahslari o‘tkazilmoqda

Foto: Qo‘l jangi federatsiyasi matbuot xizmati

O‘zbekiston Qo‘l jangi federatsiyasi va O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tashkilotchiligi asosida qo‘l jangi buyicha O‘zbekiston chempionati boshlandi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati KUN.UZ‘ga ma'lum qildi.

Manbaga ko‘ra, mazkur musobaqa joriy yilda Niderlandiyada bo‘lib o‘tadigan qo‘l jangi bo‘yicha jahon birinchiligi va AQShda o‘tkaziladigan Jahon kubogi uchun saralash vazifasini o‘tab beradi. Turnirda eng yuqori o‘rinlarni egallagan sportchilar ikki nufuzli yo‘llanma sohibiga aylanishadi.

Musobaqa Taekvondo federatsiyasiga qarashli «Universal» sport majmuasi tashkillashtirilayotgan bo‘lib, unda barcha huquqni muhofaza qilish organlari vakillari va boshqa sport ustalir ishtirok etishyapti.

Musobaka 23-25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid