O‘zbekiston | 00:50 / 24.02.2018
24135
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston bosh vaziri Farg‘onaga kelmoqda

24 fevral kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligidagi delegatsiya Farg‘ona shahriga keladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Delegatsiya tarkibidan hukumat a'zolari, yetakchi iqtisodiy tuzilmalar rahbarlaridan o‘rin olgan.

Ushbu delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Mavzuga oid