Jahon | 08:53 / 24.02.2018
13488
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQShga kelayotgan muhojirlarni ilon bilan tenglashtirdi

Foto: AFP 2018 / Mandel Ngan

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatga kelayotgan muhojirlarni odam qo‘yniga kirib olgan ilon bilan solishtirdi va unga “ishlaydigan hamda Amerikani yaxshi ko‘radigan” odamlar kerak ekanini ma'lum qildi.

Juma kuni Tramp Vashingtonda konservatorlarning har yillik anjumanida ishtirok etdi. Prezident muhojirlik mavzusiga to‘xtalib, "keladigan va ishlaydigan, bizni sevadigan, xavfsizlik hamda birdamlikni istaydigan odamlarni yaxshi ko‘rishi va xohlashini" bildirdi.

"Meni shuni istaymanki, bu mamlakatga buyuk odamlar kelishi kerak, ular hozirdagi kabi kelishini xohlamayman, men mamlakat rivojiga hissa qo‘shadigan odamlarni istayman", - deya ma'lum qildi Tramp.

U amerikaliklar noqonuniy migrantlar tomonidan amalga oshiriluvchi jinoyatlar qurboniga aylanganiga doir qator misollarni keltirdi. Shundan so‘ng prezident cho‘ntagidan qog‘oz chiqardi va zalga murojaat qildi: "Bu "ilon" deyiladi, hamda buni muhojirlik mavzusiga ulab ko‘ring".

U tomonidan aytib berilgan she'r ko‘chada muzlab qolgan ilonni topib qolgan “yaxshi ayol” haqida bo‘lgan. "Meni o‘zing bilan olib ket, ey yaxshi ayol!", - deya o‘qib bergan AQSh prezidenti. Ayol ilonni qo‘ynida isitib, asal va sut bilan oziqlantirgan, biroq keyin u ayolni chaqib olgan. "Ilon rahmat aytish o‘rniga uni chaqib olgan!", - degan u.

"Men seni qutqardim! Sen esa meni chaqib olding. Sen zaharlisan, endi men o‘laman", - deya deyarli baqirib o‘qigan Tramp. "Jim bo‘l, ayol, sen meni o‘zing bilan olib ketayotganingda men ilon ekanimni bilarding!", - deya she'rni yakunlagan Tramp.

Mavzuga oid