Saakashvili tarafdorlari: Ukraina bosh prokurori bolta bilan hujum qildi
Gruziya sobiq prezidenti va Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvili tarafdorlarining feysbukda yozishicha, Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko ularning yoniga bolta ko‘tarib chiqqan hamda yo‘q qilib tashlash bilan tahdid qilgan.
Ayni damda ular Lutsenkoning uyi yonida aksiya o‘tkazishmoqda hamda Saakashvilining safdoshi Severion Dongadze ozod etilishini talab qilishmoqda.
Ukraina Niderlandiyadan Saakashvilining ovozi namunalarini so‘radi
«Bosh prokuror Yuriy Lutsenko uyi yonida o‘rnatilgan chodir shaharchasida yashayotganlar bilan mojaroga bolta ko‘tarib chiqdi. U chodirlar yonidagi generatorga bolta bilan zarba berdi va faollarni o‘ldirish bilan tahdid qildi. Hozir voqea joyiga patrul politsiyasi naryadi keldi, ko‘rsatmalar yig‘ilmoqda», - deyiladi postda.
Mavzuga oid
14:45
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024