O‘zbekiston | 13:05 / 27.02.2018
13203
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi Uralga bordi

Foto: Mudofaa vazirligi/Arxiv

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari delegatsiyasi Markaziy harbiy okrug jangovar tayyorgarligi bilan tanishish uchun Yekaterinburgga keldi. Bu haqda 27 fevral, seshanba kuni okrug qo‘shinlari qo‘mondoni yordamchisi polkovnik Yaroslav Roshchupkin xabar berdi.

«Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Bahodir Qurbonov boshchiligidagi harbiy delegatsiya Uralga Markaziy harbiy okrug jangovar tayyorgarligi va kundalik faoliyatini tashkil etish tajribasi bilan tanishish uchun tashrif buyurdi. Yekaterinburgda mehmonlar MHO qarorgohida bo‘lib, harbiy-havo kuchlari va havo hujumidan mudofaa 14-armiyasi qo‘mondonligi bilan ham uchrashishdi», - deya aytib o‘tdi Roshchupkin.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yaqin kunlarda mehmonlar Chelyabinsk viloyatida joylashgan 90-tank bo‘linmasida ishini davom ettiradi. 

Mavzuga oid