Sport | 11:25 / 28.02.2018
6039
1 daqiqa o‘qiladi

Lebron Jyeyms MBAning yangi rekordchisiga aylandi

Foto: AP Photo

«Klivlend Kavalers» forvardi Lebron Jyeyms Milliy basketbol assotsiatsiyasi tarixida 30 000 ochko, 8 000 to‘pni egallab olish va 8 000 to‘p uzatish bo‘yicha ko‘rsatkichga erishgan ilk o‘yinchiga aylandi. Bu haqda assotsiatsiya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jyeyms «Bruklin Nets» bilan uchrashuvda tripl-dabl (31 ochko, 12 marta to‘pni egallab olish, 11 to‘p uzatish)ga erishdi.

Uchrashuv «Klivlend»ning 129:123 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

 

Mavzuga oid