Jamiyat | 10:03 / 07.03.2018
19146
1 daqiqa o‘qiladi

Teplovoz urib yuborgan ayol hayotdan ko‘z yumdi

Bekobod shahrida teplovoz ehtiyotsizlik bilan temir yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi. Bu haqda Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2018 yil 5 mart kuni soat 19.30 da Bekobod shahar, Nurli yo‘l mahallasida joylashgan “Buyum bozori” yaqinidagi temir yo‘lda harakatlanib kelayotgan “O‘zmetkombinat” OAJga qarashli TEM-2 UM-831 raqamli teplovoz poyezdi Bekobod tumanida yashagan Hanifa Mahmudovani uning ehtiyotsizligi oqibatida urib yuborgan.
 
Oqibatda jabrlanuvchi H.Mahmudova olgan tan jarohatlaridan Bekobod shahar markaziy kasalxonasida vafot etgan. Ayni vaqtda tergovga qadar tekshiruvni Bekobod shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi olib bormoqda.  

Mavzuga oid