Jahon | 08:20 / 07.03.2018
4556
2 daqiqa o‘qiladi

O‘rta yer dengizida 160dan ko‘proq muhojir qutqarib qolindi

Foto: AP Photo / Emilio Morenatti

O‘rta yer dengizida muhojirlar kemasining falokatga uchrashi oqibatida 20 dan ko‘proq kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda, 160 dan ko‘proq odamni qutqarishga muvaffaq bo‘lingan. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti vakili Flavio di Jakomo ma'lum qildi. 

“Dengizda 21 muhojir, jumladan 4 ayol va 17 erkak yo‘qolgani tasdiqlandi, ularning barchasi G‘arbiy Afrikadan bo‘lgan”, deb yozgan Jakomo tvitterda.

Uning aytishicha, O‘rta yer dengizida 6 mart kuni Liviya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati boshqa kemadagi 130 dan ko‘proq kishini qutqarib qolgan.

“Aquarius falokatga uchrashi oqibatida omon qolgan 30 kishi bilan birga Potstsalloga 42 muhojir yetkazildi: ular bortida 130 kishi bo‘lgan boshqa kemada bo‘lganlar”, deb ta'kidlab o‘tgan Jakomo.  

Jakomoning ma'lum qilishicha, qo‘riqlash xizmati ikkinchi qayiqdan 90 kishini Liviyaga yetkazgan.

Xalqaro migratsiya tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda Yevropaga dengiz orqali 171 ming kishi yetib kelgan, 3116 kishi dengizni kechib o‘tish vaqtida halok bo‘lgan. 

Mavzuga oid