Sport | 18:45 / 08.03.2018
12098
1 daqiqa o‘qiladi

Pyongchangdagi Paralimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi

Foto: Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi

Bugun mahalliy vaqt bilan soat 15:00da Pyongchangdagi Paralimpiya shaharchasida O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘ini ko‘tarish rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi, musobaqa tashkiliy qo‘mitasi hamda delegatsiya a'zolari ishtirok etishdi. 

Tantanali marosimda Pyongchang Paralimpiya shaharchasi meri, Seul nogironlar sport assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Park Yon Sooga O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Foto: Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi

Eslatib o‘tamiz, XII Paralimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi ertaga, 9 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 (Toshkent vaqti bilan soat 16:00) da boshlanadi. Unda tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Yoqutxon Xolbekova delegatsiyamiz bayroqdori vazifasini bajaradi.

Mavzuga oid