Saraton kasalligidan himoyalanish usuli topildi
Organizmda katta miqdorda D vitamini bo‘lishi onkologik kasalliklar rivojlanishiga qarshilik qilishi mumkin. Bu haqda Eurekalert portali xabar bermoqda.
Olimlar xalqaro guruhi 40-69 yoshli 33 ming yaponiyalikning qon namunalari va anketa ma'lumotlarini (ratsion, hayot tarzi, oiladagi onkologik kasalliklar tarixi) tahlil qilib, bunday xulosaga keldi. Ular ortidan 16 yildan ko‘proq vaqt davomida kuzatuv olib borilgan. Yosh, vazn, jismoniy faollik darajasi hamda chekish va spirtli ichimliklar iste'mol qilish kabi omillar hisobga olingan holda, tadqiqot natijalari D vitaminining katta miqdorda bo‘lishi saraton bilan kasallanish xavfini 20 foizga kamaytirishini ko‘rsatdi. Bu ham ayollarga, ham erkaklarga birdek taalluqlidir.
D vitaminining qonda katta miqdorda bo‘lishi jigar saratoni kasalligi ehtimoli pastligi (30-50 foiz) bilan ham bog‘langan, bunda bog‘liqlik erkaklarda mustahkamroq bo‘lgan.
Tadqiqot mualliflari olingan natijalar D vitamini saratondan himoyalashi haqidagi tezisni tasdiqlashiga ishonchlari komilligini aytishgan. Biroq, ularning fikricha, ushbu modda miqdori ma'lum darajadan past bo‘lganda hech qanday qo‘shimcha effekt bo‘lmasligi mumkin. Olimlar yakuniy natijaga hisobga olinmagan omillar ta'sir qilgan bo‘lishi mumkinligini ham istisno qilishmagan.
Mavzuga oid
14:42 / 05.12.2024
Ifloslangan shahar havosi saraton keltirib chiqarishi aniqlandi
17:42 / 08.11.2024
Olimlar saratonning eng agressiv shakllarini yengish usulini o‘rgandi
15:23 / 30.10.2024
Olimlar saratonni sun’iy intellekt yordamida davolashning yangi usulini kashf etdi
16:30 / 04.10.2024