Fan-texnika | 17:45 / 09.03.2018
7651
2 daqiqa o‘qiladi

Uber haydovchisiz mashinalari yuklarni tashishga start berdi

Uber kompaniyasi o‘zining haydovchisiz avtomobillari parki ishga tushgani haqida ma'lum qildi. Mazkur parkdagi avtomobillar Uber Freight yuk tashish ilovasidan tushgan buyurtmalarni bajaradi. Kompaniya o‘zining haydovchisiz taksilarini sinovdan o‘tkazgan Arizona shtatida haydovchisiz mashinalarda yuk tashish jarayoniga start berilgan. 

Uber'da ta'kidlanishicha, hozircha yuk tashishda mashinalar yo‘lning aksariyat qismida mustaqil harakatlanuvchi, lekin oxirgi bir necha millarda haydovchilar tomonidan boshqariluvchi transport zanjiri modeli qo‘llanayotgani qayd etilgan. Kompaniya avtonom yuk tashish tizimini noyabr oyidan buyon sinovdan o‘tkazayotgan edi, biroq rasman bu haqida endigina e'lon qildi. 

Haydovchi va o‘zini o‘zi boshqaruvchi avtomobil tandemi Uber'da robot katta shosselardagi harakatlarni yaxshi uddalashi, biroq shahar ko‘chalari bo‘ylab harakatlarda qo‘shimcha sinovlar talab etilishi bilan izohlangan. Bundan tashqari, mazkur usul qisqa muddatli istiqbolda haydovchilarni ishchi o‘rinlaridan mahrum qilmaydi. 

Uber hozircha avtoturargohda nechta yuk mashinasi borligi, qanday turdagi tovarlar tashilishi va avtomobillar qancha masofani mustaqil bosib o‘tganiga doir tafsilotlarni oshkor qilgani yo‘q. Uber ilg‘or texnologiyalar jamoasi bugunga kelib barcha transport vositalari umumiy hisobda 2 million mil yo‘lni bosib o‘tganini ma'lum qilishdi. Kompaniya jarayonni to‘liq avtomatlashtiruv, ya'ni yuk tashish inson yordamini talab qilmaydigan darajaga yetkazishni rejalashtirmoqda. 

Mavzuga oid