Sport | 09:42 / 12.03.2018
12134
2 daqiqa o‘qiladi

«Milan» dramatik g‘alabaga erishdi

«Milan» Italiya chempionatining 28-turida «Jyenoa» ustidan zafar quchdi. Genuyadagi «Luidji Ferraris» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi yagona gol qo‘shimcha daqiqalarning beshinchisida Andre Silva tomonidan urildi, uni Suso golli pas bilan ta'minladi.

Shu tariqa, lombardiyaliklar jamoasining chempionatdagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 9 o‘yinga yetdi. Oxirgi marta Jyennaro Gattuzo shogirdlari 2017 yilning 23 dekabrida «Atalanta»ga yutqazgandi (0:2).

Oxirgi 9 turda milanliklar faqat 2 marta durang o‘ynadi, 7 g‘alabaga erishdi.

Endilikda «Milan» 47 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 6-o‘rinda, «Jyenoa» 30 ochko bilan 13-o‘rinda joylashgan.

Keyingi turda «Milan» o‘z maydonida «Kevo» bilan uchrashadi, «Jyenoa» «Napoli» mehmoni bo‘ladi.

Italiya chempionati
28-tur

Jyenoa – Milan 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 90 Andre Silva.
Jyenoa – Perin, Biraski, Spolli, Zukanovich, Lazovich, Rigoni (Omeonga, 74), Bertolachchi, Xilemark, Laksalt, Galabinov (Lapadula, 75), Pandev (Bessa, 81).
Milan – Donnarumma, Borini, Bonuchchi, Romanoli, Rodriges, Kessie, Bigliya, Bonaventura (Kalabriya, 80), Suso, Kalinich (Kutrone, 60), Chalxono‘g‘li (Andre Silva, 68).
Ogohlantirish: Bertolachchi (79).

Mavzuga oid