Jamiyat | 17:44 / 17.03.2018
18648
2 daqiqa o‘qiladi

«Qalbaki» asal uchun – EKIHning 15 baravarigacha jarima

Foto: pi

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yangi modda kiritish taklif etilmoqda, unda asal va asal mahsulotlarini qalbakilashtirganlik uchun javobgarlik nazarda tutiladi.

Norma’ning yozishicha, loyiha bo‘yicha qalbakilashtirish deganda quyidagilar tushuniladi:

•  tabiiy asalari asaliga turli aralashmalarni qo‘shish;
•  asalni boshqa unga o‘xshash mahsulotlar bilan almashtirish;
•  bila turib to‘liq yoki ishonchli bo‘lmagan ma'lumotlar berilgan mahsulotlar xossasi va sifatini atayin o‘zgartirish.

Fuqarolarga solinadigan jarima EKIHning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorni tashkil qiladi, huquqbuzarliklar bir yil davomida takror sodir etilganda – EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha. Huquqbuzarlikda aybdor deb topilgan mansabdor shaxslar EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha, takror sodir etilganda – EKIHning 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima to‘laydi.

Qalbakilashtirilgan asal va asal mahsulotlarini olib kirish va sotish ma'muriy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.

Bunday huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatlarini ma'muriy sudlarga berish taklif etilmoqda.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. 

Mavzuga oid