Sport | 18:50 / 18.03.2018
7406
1 daqiqa o‘qiladi

Ikardi sobiq jamoasiga poker qayd etib, A Seriya tarixiga kirdi

«Inter» Italiya chempionatining 29-turida «Sampdoriya»ga qarshi o‘ynab, 5:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi.

Milanliklar jamoasi Mauro Ikardi 51-daqiqaga keliboq sobiq jamoasi darvozasiga poker qayd etishga erishdi. Bu gollar uning 100-, 101-, 102- va 103-goliga aylandi.

Ikardi faoliyati davomida A seriyada 6 marta 3 va undan ortiq gol urgan.

U A Seriya tarixida 100dan ortiq gol urgan beshinchi argentinalikka aylandi. Undan avvalroq Gabriel Batistuta (184 gol), Ernan Krespo (153), Abel Balbo (117) va Gonsalo Iguain (110) bu natijaga erishgan.

Bungacha Italiya chempionatining bir o‘yinida 4ta gol urishga «Inter»ning faqat 2 futbolchisi erishgandi – Juzeppe Meatstse (1933 yilda) va Juzeppe Baldini (1943 yilda).

Mavzuga oid