Sport | 09:20 / 18.03.2018
7251
2 daqiqa o‘qiladi

«Yuventus» ochko yo‘qotdi

«Yuventus» Italiya chempionatining 29-turida SPAL bilan kechgan o‘yinda ochko yo‘qotdi. Ferraradagi «Paolo Matstsa» stadionida kechgan uchrashuvda hisob ochilmadi - 0:0.

Uchrashuv turinliklar jamoasining to‘liq ustunligida o‘tdi, ammo Massimiliano Allegri shogirdlari gol ura olishmadi.

Shu tariqa, turinliklar Italiya chempionatida qatorasiga 12 o‘yin davom etgan g‘alabali seriyani to‘xtatishdi.

Turinliklar jamoasi o‘tgan yilning sentabridan buyon safar o‘yinida gol ura olmadi. O‘shanda jamoa Chempionlar ligasi guruh bosqichida «Barselona»ga qarshi kechgan o‘yinda maydonni golsiz tark etgandi (0:3).

Shu bilan birga «Yuventus» qatorasiga 10-o‘yinda gol o‘tkazmadi va turnir rekordini takrorladi. Oxirgi marta «Yuventus» A Seriya o‘yinida 2017 yilning 30 dekabrida «Verona»ga qarshi o‘yinda gol o‘tkazgandi (3:1).

Endilikda «Yuventus» 75 ochko to‘plagan holda Italiya chempionati turnir jadvalida birinchi o‘rinda qolmoqda va bu turda hali o‘z o‘yinini o‘tkazmagan «Napoli» — 5 ochko ortda qolgan. SPAL 25 ochko bilan 17-pog‘onada joylashgan.

Italiya chempionati
29-tur

SPAL – Yuventus 0:0
 (0:0, 0:0)
SPAL – Meret, Chonek, Vikari, Felipe, Ladzari, Kurtich, Skyattarella, Grassi, Kosta (Shimich, 90), Paloski (Biler, 82), Antenuchchi (Flokkari, 89).
Yuventus – Buffon, De Shilo, Rugani, Kellini (Bardzali, 81), Asamoa (Mandjukich, 64), Pyanich, Matyuidi (Bentankur, 84), Duglas Kosta, Dibala, Aleks Sandro, Iguain.
Ogohlantirishlar: Kurtich (32), Skyattarella (60), Kosta (66), Duglas Kosta (69), Pyanich (79), Biler (85).

Mavzuga oid