O‘zbekiston | 11:50 / 20.03.2018
56241
1 daqiqa o‘qiladi

«LUKOYL»ning O‘zbekistondagi birinchi AYoQShi ochildi

Bugun Toshkentda «LUKOYL»ning O‘zbekistondagi birinchi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi ochilishi bo‘lib o‘tdi.

AYoQSh uchun yuqori sifatli benzin va dizel yoqilg‘isi «LUKOYL»ning neftni qayta ishlovchi zavodlaridan yetkazib beriladi. O‘zbekistonda yoqilg‘ining chakana realizatsiyasi bilan «LUKOYL O‘zneftmahsulot» shug‘ullanmoqda.

Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida benzinning Ai-92 (1 litr uchun 6900 so‘m) hamda Ai-95 (1 litr uchun 7500 so‘m) turi sotiladi. Shuningdek, Yevropa sifati va standartlariga javob beradigan dizel yoqilg‘isi (1 litr uchun 7000 so‘m) ham bor. 

Foto: LUKOYL matbuot xizmati
Foto: LUKOYL matbuot xizmati
Foto: LUKOYL matbuot xizmati
Foto: LUKOYL matbuot xizmati
Foto: LUKOYL matbuot xizmati

 

Mavzuga oid