O‘zbekiston | 21:07 / 24.03.2018
7558
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonlik diplomatlar Toshkent-Chimkent velomarafonida ishtirok etishdi

Foto: nuz.uz

O‘zbekistondagi Qozog‘iston elchixonasi diplomatlari Toshkent-Chimkent velomarafonida ishtirok etishdi. Bu haqda Nuz.uz yozmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, 24 mart kuni Chimkent akimati tashabbusi va O‘zbekistondagi Qozog‘iston elchixonasi qo‘llab-quvvatlovi bilan mazkur marafon tashkillashtirilgan.

Rasmiy marosimga Toshkentdagi Qozog‘iston elchixonasi oldida qad rostlagan, qozoq millatining milliy qahramonlaridan biri Abay Qo‘nonboyev haykali yonida start berildi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur marosimga Janubiy Qozog‘iston oblasti akimi Yerbolom Sadirov boshchiligidagi delegatsiya ham tashrif buyurgan. Bundan tashqari, ushbu marafonda O‘zbekiston tomonidan rasmiy shaxslar, poytaxt aholisi va qozoq diasporasi vakillari ham ishtirok etgan. Qozog‘istonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yerik Utembayev barchani Navro‘z bilan qutlab, ikki mamlakatning bundan keyingi hamkorligiga muvaffaqiyatlar tiladi.


Velomarafonda Qozog‘istonning 111, O‘zbekistonning esa 40 nafar velosipedchisi qatnashdi. Ular birgalikda 125 kilometrli masofani bosib o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Foto: nuz.uz
Foto: nuz.uz
Foto: nuz.uz
Foto: nuz.uz
Foto: nuz.uz
Foto: nuz.uz
Nazvaniye
Foto: nuz.uz
Foto: nuz.uz

 

Mavzuga oid