Jahon | 00:50 / 25.03.2018
9736
1 daqiqa o‘qiladi
AQShda erkin qurol savdosiga qarshi mitinglar boshlandi
AQShda qurol-yarog‘ni erkin savdoda sotilishiga qarshi bo‘lgan kishilar tinchlik marshida ishtirok etdi. 24 mart kuni dunyoning 800ta shahrida «Hayot uchun marsh» tashkillashtirilgan bo‘lib, olomon o‘tochar qurollarni sotish tartibini yanada qat'iylashtirishni talab qilmoqda.
Ko‘zga ko‘rinarli mitinglar poytaxt Vashington va Nyu-York shaharlarida bo‘lib o‘tdi. Ma'lum qilinishicha, marshda Janubiy Floridadagi maktabda yuz bergan otishmadan omon qolgan kishilar ham ishtirok etgan. Shuningdek, ko‘plab shunday toifa kishilar qurol savdosini to‘xtatilishi so‘ramoqda.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Janubiy Floridada joylashgan maktabda yuz bergan mudhish voqeada 17 nafar kishi hayotdan ko‘z yumgandi.
Mavzuga oid
17:40
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05
AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
16:18
“Kanalni savol-javobsiz qaytarib olamiz” – Tramp Panamaga tahdid qildi
15:04