Fan-texnika | 23:46 / 25.03.2018
13635
3 daqiqa o‘qiladi

Ko‘rish qobiliyatini tiklashda ilk bor asos hujayralar qo‘llandi

Foto: Xaytek

Londondagi Murfilds ko‘z shifoxonasi shifokorlari inqilobiy usul yordamida 2 nafar keksa bemorning ko‘rish qobiliyatini tiklay olishdi. Olimlar davolashning bu usuli Britaniyada 5 yil ichida paydo bo‘lishiga umid bildirishgan. 

Ko‘rish qobiliyati tiklangan bemorlar makulyar degeneratsiya – ko‘z pardasi buzilishidan aziyat chekishgan. Bu kasallik ko‘pincha 60 yoshdan keyin va taxminan 50 foiz holatda to‘liqmas ko‘zi ojizlikda paydo bo‘ladi. Bu kasallik odatda ko‘rishda chaplanganlik va ba'zi dog‘larni keltirib chiqaradi. 

Olimlarning bayon qilishicha, bu kasallikni davolash jarayoni quyidagicha kechadi: yakka murtak asos hujayralar ko‘z pardasining 100 mingta pigment hujayrasini saqlovchi 6 millimetrlik to‘qimada o‘stiriladi. So‘ngra bu to‘qima ingichka quvurchaga joylashtirilib, u orqali ko‘zdagi kichik kesik orqali unga kiritiladi. To‘qima ko‘z pardasi orqasida joylashtiriladi, bu yerda asos hujayralar vaqt o‘tishi bilan shikastlangan hujayralarning o‘rnini egallaydi. Ushbu amaliyot bor-yo‘g‘i 45 daqiqa ichida mahalliy anesteziya ostida o‘tkaziladi. 

“Amaliyotgacha bir necha oy avval mening ko‘rish qobiliyatim haqiqatan yomon bo‘lgan, men o‘ng ko‘zim bilan hech narsani ko‘ra olmasdim. Shifokorlar menga ko‘rish qobiliyatini qaytarishdi”, deb aytgan tajriba ishtirokchilaridan biri, 86 yoshli Duglas Uoters. 

Amaliyotdan keyin Uoters va yana bir bemor ortidan olib borilgan 12 oylik kilink kuzatuv ularning ikkisida ham ancha ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini ko‘rsatgan. Shu bilan birga ko‘chirib o‘tkazilgan hujayralar mukammal chiqmagan, chunki shifokorlar bu hujayralardan ba'zilari organizm tomonidan qabul qilinmagani alomatlarini qayd qilishgan. Biroq shunga qaramay, ikki bemor ham nisbatan sog‘lom qolishgan.

Mavzuga oid