O‘zbekiston | 19:30 / 26.03.2018
13589
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Ashraf G‘ani bilan uchrashdi

Foto: Facebook / Komil Allamjonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘anini qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, savdo, transort va energetika sohalaridagi loyihalar, ta'lim, sog‘liqni saqlash va boshqa yo‘nalishlardagi dasturlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Prezident Muhammad Ashraf G‘ani mamlakatlarimizning Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasini o‘tkazishga oid birgalikdagi tashabbusini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan sa'y-harakatlar uchune O‘zbekistan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanini ta'kidladi.

Mavzuga oid