Sport | 19:21 / 26.03.2018
8947
1 daqiqa o‘qiladi

Urugvay terma jamoasi o‘rtoqlik turnirida g‘alaba qozondi

Twitter/YahooSportUK

Terma jamoalar uchun FIFA kunlarida tashkil etilgan, o‘rtoqlik maqomidagi Xitoy Kubogi nihoyasiga yetdi. Finalda Urugvay terma jamoasi Uelsga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv taqdirini yagona gol hal qildi. «PSJ» hujumchisi Edinson Kavani 49-daqiqada kiritgan goli evaziga terma jamoasiga g‘alaba bilan birga tijorat turnirida bosh sovrinni ham taqdim etdi.

Foto: Getty Images

Chexiya bu turnirda 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, mezbonlar Xitoy terma jamoasi so‘nggi 4-pog‘onani band etdi. 

Mavzuga oid