O‘zbekiston | 09:40 / 27.03.2018
67274
3 daqiqa o‘qiladi

Bolalar bog‘chasi. Unda nimalar bo‘lishi kerak?

Foto: ugd.ru

Maktabgacha ta'lim muassasalarini o‘yinlar, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash me'yorlari tasdiqlandi.
 
Norma’ning yozishicha, quyidagilar uchun jihozlash me'yorlari belgilangan:
 
• maktabgacha ta'lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda – MTM) guruhlari, shu jumladan salomatligida nuqsoni bo‘lgan (aqli zaif va og‘ir nutq nuqsoni bo‘lgan, tayanch-harakat a'zolarida nuqsoni bo‘lgan, kar va zaif eshituvchi, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi) bolalar uchun maxsus guruhlar; 
• yordamchi xonalar (musiqa zali, jismoniy tarbiya zali, ma'muriy-metodik xonalar, kir yuvish xonasi, yong‘in xavfsizligi burchagi, xo‘jalik va bino ishchilari uchun jihozlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish xonalari, oshxona, omborxona);
• MTM hududi va tashqi o‘yin maydonchalari;
• bolalar uchun sanitariya-gigiyenik vositalar.
 
Ilgari amal qilgan me'yorlar bekor qilindi. Ular bilan solishtirganda, misol uchun, majburiy o‘yin to‘plamlari ro‘yxati sezilarli darajada kengaydi: «Atele», «Bank», «Pochta», «Supermarket», «Ferma» va b. Sport anjomlari ham ko‘payadi. Bolalar velosiped va samokatlarda uchishlari, gantellardan foydalanishlari, «baliq ovi», «valiologiya» (odam tanasi bilan tanishish bo‘yicha pazllar, kub va maketlar) va boshqa o‘yinlarni o‘ynashlari mumkin.    
 
MTM guruhlarini jihozlash me'yorlari turli yoshdagi bolalar guruhlari kesimida, shu jumladan 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun belgilangan (maxsus guruhlar bundan mustasno). Davlat tasarrufidagi bolalar bog‘chalariga bolalar 3 yoshdan qabul qilinadi, nodavlat bog‘chalarda esa bolalarni qabul qilish yoshi ularning ustavlarida belgilanadi. 17.03.2018 yilda 2986-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan hujjatda me'yorlar faqat muayyan toifadagi MTMga (masalan, davlat tasarrufidagi – tahr.) nisbatan amal qilishi ko‘rsatilmagan. Binobarin, tasdiqlangan normativlar ham davlat, ham xususiy MTM uchun majburiy.
 
Hujjat 18.03.2018 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid