Javod Akbar Kobul ham Toshkent kabi osuda bo‘lishini bildirdi
Hindiston tashqi ishlar vaziri Mubashar Javod Akbar Afg‘onistonda inson huquqlari va ayollar huquqlarini himoya qilmay, ijobiy natijaga erishish qiyin masala ekanini bildirdi.
«Toshkent ko‘chasida ko‘rganimiz - emansipatsiya (jabr va zulmdan ozod bo‘lish, qaramlik va bid'atlardan qutilish - tahr.) Kobul ko‘chasida ham paydo bo‘lishi lozim.
Biz Afg‘onistonni turli sohalarda, jumladan, ta'lim, transport-logistika, yengil sanoat va xorijiy sarmoyalarni olib kirish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyormiz. Biz Afg‘onistonda yo‘qolgan sharoitlarni qaytarishimiz lozim», deydi vazir.
Hindistonlik vakilning aytishicha, barqarorlikka erishish uchun mamlakatlar Afg‘oniston bilan iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishi lozim.
«Kobul-Qandahor va Hindistonning turli shaharlariga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Afg‘oniston yana o‘z qudratiga erishadi, bunga biz ishonishimiz lozim. Afg‘onistonlik futbolchilar bizni ham dog‘da qoldirdi. Demak, ulardan ko‘p narsa kutsak bo‘ladi», deb so‘zlarini yakunladi u.
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Hindiston 2040 yilda Oyga o‘z kosmonavtini uchiradi
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
11:42 / 18.12.2024