Yangi Zelandiya ba'zi rossiyaliklarga mamlakatga kirishni taqiqlaydi
Yangi Zelandiya hukumati Rossiyaning ba'zi fuqarolariga mamlakatga kirishni taqiqlab qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda RNZ radiostansiyasi xabar berdi.
Mamlakat bosh vaziri Jasinda Ardernning ta'kidlashicha, Britaniyaning Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal zaharlanishi bilan bog‘liq hodisa yuz berganidan so‘ng, u razvedka xizmatlari bilan «Yangi Zelandiyadan darhol chiqarib yuborilishi lozim bo‘lgan shaxslar mamlakat bor yoki yo‘qligi borasida» maslahatlashuv o‘tkazdi.
«Men buni qildim, ular menga bunday shaxslar yo‘qligini aytishdi. Endi men TIVdan Yangi Zelandiyaga kirish bo‘yicha vizalarni rad etish lozim bo‘ladigan odamlar haqida xabardor qilishni so‘radim», - deya aytib o‘tdi bosh vazir.
Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, Yangi Zelandiya hukumati rossiyalik diplomatlarni chiqarib yubormaslik haqida qaror qabul qilgan.
Mavzuga oid
20:22 / 08.01.2025
Xitoy Rossiyaning maxfiy floti uchun portlarni yopmoqda – OAV
19:23 / 08.01.2025
Kurskka hujum ko‘lami qanday va undan maqsad nima?
18:33 / 08.01.2025
2024 yilda 80 mingdan ortiq migrant Rossiyadan chiqarib yuborildi
14:44 / 08.01.2025