Sport | 13:40 / 30.03.2018
10153
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Xokkey federatsiyasi ochildi

Foto: Fotolia

Adliya vazirligi 2018 yil 28 martda O‘zbekiston Respublikasi Xokkey federatsiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida xokkeyni rivojlantirish, targ‘ib qilish va ommaviylashtirish, shuningdek, shaxsni har tomonlama va uyg‘un kamol toptirishda uning rolini kuchaytirish hamda aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ko‘maklashish hisoblanadi.

Shuningdek, tashkilot vazifalariga xokkey bo‘yicha sport tadbirlarini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi chempionatlari, birinchiliklari, kuboklari va boshqa rasmiy sport musobaqalarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish, xokkey bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoalarini tuzish va tayyorlashda ishtirok etish, oliy malakali sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi terma va klub jamoalarini xalqaro sport musobaqalarida qatnashishga tayyorlash bo‘yicha tadbirlarni ta'minlashga ko‘maklashish va boshqa vazifalar kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Xokkey federatsiyasi ta'sischilar konferensiyasida uning rahbari etib Baxtiyor Shuhratovich Fozilov saylangan.

Shu munosabat bilan, Adliya vazirligi tomonidan poytaxtdagi “Next” savdo kompleksida joylashgan Muz saroyida federatsiyaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi bo‘yicha guvohnomani topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mavzuga oid