NATO Rossiya bilan hamkorlik qanday shartda tiklanishini ma'lum qildi
NATO va Rossiya Moskva «xalqaro huquqqa muvofiq harakat qilishni boshlasa» hamkorlikni tiklaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, alyansning harbiy qo‘mitasi rahbari Petr Pavel shu haqda ma'lum qilgan.
«Biz keskinlikdan qochishni xohlaymiz, biroq Rossiya xalqaro normalarni qanday buzayotganini shunchaki kuzatib tura olmaymiz. Klassik hamkorlikka qaytish imkonsiz, bunda Rossiya xalqaro huquqqa muvofiq harakat qilishi talab etiladi», - deya aytib o‘tdi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tashkilot bosh kotibi Yyens Stoltenberg NATO davlatlari orasida jadal maslahatlashuvlar o‘tkazilgani, u NATO bo‘yicha 25 ittifoqdosh va hamkor davlatlar o‘z hududlaridan 140 nafar rossiyalik vakilni chiqarib yuborishga olib kelganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
07:59
Tramp NATO davlatlarini mudofaa xarajatlarini YaIM 5 foizigacha oshirishga chaqirdi
21:20 / 07.01.2025
“Ozarboyjon birorta ham ortiqcha talab qo‘yayotgani yo‘q, Rossiya shartlarni bajarishni paysalga solyapti” - ekspert
21:12 / 07.01.2025
NATO Boltiq dengizidagi suvosti infratuzilmasini qo‘riqlashga 10 ga yaqin kema yuboradi
18:36 / 07.01.2025