Jahon | 21:45 / 31.03.2018
23775
2 daqiqa o‘qiladi

Uchuvchi favqulodda qo‘nishdan keyin yerni o‘pib qo‘ydi (video)

Kichik o‘lchamli samolyot uchuvchisi favqulodda qo‘ngandan keyin yerni o‘pib qo‘ydi. Bu haqda Sun Sentinel nashri xabar bermoqda

Voqea Floridadagi Pembrok-Payns shahrida yuz bergan. Uchuvchilikka o‘rgatuvchi Wayman Aviation maktabining instruktori o‘quvchisi mashg‘ulot o‘tkazayotgan bo‘lgan. Parvoz risoladagidek o‘tgan, biroq qo‘nish vaqtida samolyotning shassisida muammolar chiqqan. Natijada samolyot uchish-qo‘nish polosasidan unga tumshug‘i bilan tekkancha sirpanib o‘tgan.  

Instruktor va uning shogirdi samolyotdan chiqqanlaridan keyin, hech qanday jarohat olmaganlari aniqlangan. Shunda uchuvchi tizzasiga cho‘kkalab, minnatdorlik sifatida yerni o‘pib qo‘ygan.

Ushbu lahzalar tasvirlangan video AQShning ko‘plab OAVlari tomonidan namoyish qilingan. Ijtimoiy tarmoqlar foydavlanuvchilarini esa uchuvchining bu ishi to‘lqinlantirgan. Ularning ko‘pchiligi bunday vaziyatda xuddi shunday yo‘l tutgan bo‘lishlarini aytishgan. 

 

Mavzuga oid