Fan-texnika | 00:48 / 03.04.2018
5071
1 daqiqa o‘qiladi

Apple o‘z kompyuterlarini o‘zi ishlab chiqargan chiplar bilan jihozlamoqchi – Bloomberg

Foto: The Economic Times

Apple kompaniyasi 2020 yildan boshlab o‘zining Mac kompyuterlarida o‘zi ishlab chiqargan protsessorlarni qo‘llamoqchi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, uzoq muddatli istiqbolda kompaniya barcha qurilmalarida o‘zi ishlab chiqargan chiplarni qo‘llamoqchi. Ushbu g‘oya kompaniya rahbariyati tomonidan ma'qullandi.

Ushbu xabar paydo bo‘lgandan keyin ayni vaqtda Apple uchun protsessorlar yetkazib beruvchi kompaniyalardan biri bo‘lgan Intel’ning aksiyalari keskin qiymatini yo‘qotdi. Savdolar vaqtida kompaniyaning aksiyalari 8 foizga arzonlashib ketgan.

Apple kompaniyasi ayni vaqtda iPhone smartfonlari, iPad planshetlari, iMac kompyuterlari, MacBook noutbuklari, iPod musiqiy pleyerlari va yana boshqa qurilmalar ishlab chiqaradi. 

Mavzuga oid