Sport | 17:20 / 05.04.2018
13194
1 daqiqa o‘qiladi

Basketbolchi ikki daqiqalik o‘yin uchun million dollarga boyidi

Foto: SLAM

MBAning «Mayami Xit» klubi hujumchisi Kelli Olinik MBA muntazam chempionatining «Atlanta»ga qarshi uchrashuvida (115:86) atigi ikki daqiqa o‘ynagani uchun 1 mln dollar oladi.

ESPN ma'lumotiga ko‘ra, o‘yinchining shartnomasida u, agarda maydonda bir mavsumda 1700 daqiqa o‘tkazadigan bo‘lsa, pul mukofotini olishi yozib qo‘yilgan. Olinikka kerakli o‘yin vaqtiga erishish uchun «Atlanta» bilan bellashuvda ikki daqiqa harakatlanish talab etilgandi.

Forvard parketda 22 daqiqa o‘tkazdi va natijadorlik uchun o‘z aktiviga 19 ochko yozib qo‘ydi. Jamoa bosh murabbiyi Erik Spoelstraning ma'lum qilishicha, Olinikdan kechki ovqatga pul to‘lash va teatrga chipta olib berishni talab qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lebron Jyeyms MBAning yangi rekordchisiga aylangani xabar berilgandi.

Mavzuga oid