Jahon | 09:25 / 08.04.2018
25425
2 daqiqa o‘qiladi

Timsohlar orasida ikki kun qolib ketgan baliqchi qutqarib olindi

Avstraliyada baliqchi o‘z qayig‘ida ko‘plab timsohlar yashaydigan hududda sayozlikka botib qolgan va ikki kundan keyingina qutqarib olingan. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda

Ma'lum qilinishicha, erkak Viktoriya daryosi bo‘ylab baliq ovlashga yo‘l olgan, biroq suvning ortga qaytishi vaqtida kuchli oqimga tushib, sayozlikka o‘tirib qolgan. 12 soatdan keyin suv ko‘tarilgan, biroq suvning chuqurligi qayiqni sayozlikdan chiqarishga kamlik qilgan. Shu sababli baliqchi qayiqda keyingi kungacha qolishga majbur bo‘lgan. Navbatdagi suv ko‘tarilishi hattoki qayiqqacha ham yetib bormagan.

Shunda baliqchi vaziyatdan mustaqil chiqib keta olishiga ko‘zi yetmay, politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan. Baliqchi 23 ming dollarlik qayig‘ini sayozlikda qoldirishni istamagani sabab politsiya vertolyoti qayiqni daryoga tortib borishiga kelishib olgan.

Qutqaruv operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tgan va baliqchi o‘z uyiga eson-omon yetib olgan. 

Mavzuga oid