Jahon | 17:03 / 09.04.2018
7856
2 daqiqa o‘qiladi

Litvinenkoning o‘limida Berezovskiy manfaatdor bo‘lgan – Rossiya Bosh prokuraturasi

Rossiya bosh prokurori maslahatchisi Nikolay Atmonevning ma'lum qilishicha, Aleksandr Litvinenko o‘limida ko‘proq Boris Berezovskiy manfaatdor bo‘lgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Bir narsani aytish uchun barcha asoslarga egaman – o‘sha paytda Litvinenkoning o‘limida ko‘proq Berezovskiy manfaatdor bo‘lgan», - deya aytib o‘tdi Atmonev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya tomoni Berezovskiyga qochqin maqomini berdi, garchi unga tayyorlanayotgan suiqasd bo‘yicha dalillarni topmagan.

«Britaniya IIV vakili Hezel Blirz surishtiruv ishlari natijasi bo‘yicha tergov 2003 yilning yozida Londonda Boris Berezovskiyga suiqasd haqida obektiv isbotlar yo‘qligi tufayli to‘xtatilgani haqida rasman ma'lum qilgan. Shunga qaramay, Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri Berezovskiyga qochqin maqomini berish haqida qaror qabul qildi va shu asosda uni Rossiya Bosh prokurori murojaati bo‘yicha topshirishdan bosh tortdi», - deya aytib o‘tdi Atmonev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Bosh prokuraturasi Berezovskiy, Litvinenko va Skripal ishini o‘zaro bog‘lagandi.

 

Mavzuga oid