Xitoy Suriya bo‘yicha pozitsiyasini bildirdi
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chuninning ma'lum qilishicha, XXR rahbariyati doimo xalqaro munosabatlarda kuch qo‘llanilishiga qarshi chiqqan. U shu tariqa AQSh va uning ittifoqchilarining Suriyaga zarbasiga izoh berdi, deb yozmoqda RIA «Novosti».
«Xitoy xalqaro munosabatlarda kuch qo‘llanilishiga qarshi chiqadi, boshqa davlatlar suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilishga chaqiradi», - deya aytib o‘tdi Chunin.
Shuningdek uning ta'kidlashicha, BMT XK doirasidan tashqarida amalga oshiriluvchi istalgan bir tomonlama harbiy harakatlar BMT nizomida yozib qo‘yilgan asosiy prinsiplarga zid va xalqaro huquqning asosiy norma hamda prinsiplarini buzadi. Shu sababdan, u barcha manfaatdor tomonlarni mojaroni muloqot yo‘li bilan hal etishga chaqirdi.
Mavzuga oid
12:10
Sobiq isyonchi guruhlar Suriya Mudofaa vazirligini nazorat qilmoqchi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
22:22 / 23.12.2024
Rossiyaning Suriyadagi bazalari: ular yopilsa, nima bo‘ladi?
17:10 / 23.12.2024