Jahon | 10:59 / 14.04.2018
13472
2 daqiqa o‘qiladi

Imomali Rahmon Dushanbeda qurilayotgan hashamatli sport majmuasida bo‘ldi

Foto: Tojikiston Prezidentining Matbuot xizmati

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va uning o‘g‘li, Dushanbe shahri meri Rustam Rahmon Dushanbeda qurilayotgan universal-sport majmuasidagi qurilish ishlari borishi bilan tanishdilar.

Zamonaviy sport majmuasi Umar Hayyom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i yaqinida 10 gektar maydonda qad rostlamoqda.

Qurilish ishlarida 2 mingga yaqin odam band bo‘lib, majmua foydalanishga topshirilgandan keyin unda 600 dan ko‘proq odam ish bilan ta'minlanadi.

Majmuada dunyo standartlari hisobga olingan holda usti yopiq va ochiq sport saroylari, tennis uchun stadionlar va turli sport maydonchalari, suzish uchun katta va kichik o‘lchamli havzalar, muz saroyi quriladi.

Foto: Tojikiston Prezidentining Matbuot xizmati

Majmua har birida tomoshabinlar uchun 150 dan 3 minggacha o‘rindiq bo‘lgan turli sport maydonlari va zallaridan iborat bo‘ladi.

Ushbu majmuada 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshdagilar sport turlari bilan shug‘ullanishlari mumkin bo‘ladi. 

Sport majmuasi hududida mashinalar uchun yer osti avtoturargohi ko‘zda tutilgan.

Imomali Rahmon quruvchilarga ishlarni sifatli yakunlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi va oq yo‘l tiladi, Dushanbe shahri ijroiya idoralari rahbariyatiga qurilishni qat'iy nazorat qilishni buyurdi.

Foto: Tojikiston Prezidentining Matbuot xizmati

 

Mavzuga oid