O‘zbekiston | 21:00 / 16.04.2018
23356
1 daqiqa o‘qiladi

Urush qatnashchilari va nogironlariga bir martalik mukofot tayinlandi

Foto: Kun.uz

Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari, urush oqibatida sog‘lig‘ini yo‘qotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga biryo‘la 5 million so‘m miqdorida  pul mukofoti tayinlandi.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 aprel kuni imzolagan farmonda shunday deyiladi.

Ma'lum qilinishicha, Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan yoxud shu tufayli nogiron bo‘lgan fuqarolarga tayinlangan biryo‘la pul mukofoti respublika byudjyeti hisobidan qoplanadi.

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Moliya vazirligi Markaziy Bank bilan hamkorlikda ushbu tashabbusni tantanali ravishda amalga oshirish va pullarni egalariga topshirish ishlarini tashkillashtirishi farmon bilan bildirilmoqda.

Ushbu farmon ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov zimmasiga yuklatildi.

Mavzuga oid