Jahon | 13:00 / 17.04.2018
85743
5 daqiqa o‘qiladi

Yerevan maydoni. Armaniston poytaxtida nimalar bo‘lmoqda?

Armanistonda 13 aprel kunidan buyon norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. 16 aprel, dushanba kuni tongida Yerevan shahrida namoyishlarning yirik to‘lqini kuzatildi. Namoyishchilar mamlakatni 10 yil boshqargach, vakolat muddati tugashi yaqinlashgach, 2017 yili referendum orqali konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritib, prezidentlik respublikasini parlamentar respublikaga aylantirgan hamda endi o‘zi bosh vazirga aylanayotgan Serj Sargsyanga qarshi norozilik chiqishlar o‘tkazishmoqda.

Foto: Armaniston prezidenti matbuot xizmati

Namoyishlarga deputat Nikol Pashinyan boshchilik qilmoqda. 

Foto: photolure.am

Dushanba kuni qo‘llarida Yerevanda Armaniston bayroqlari bo‘lgan namoyish ishtirokchilari Milliy Majlisga eltuvchi Marshal Bagramyan ko‘chasini egallab olishdi va bir vaqtning o‘zida shahar markazida harakatni to‘xtatib qo‘yishdi.

Nazvaniye
Nazvaniye
Foto: Vahan Stepanyan / AP

Muxolifat tarafdorlaridan iborat namoyishchilar parlament binosi ichiga kirishga urinishdi, politsiya bu urinishlarni yo‘qqa chiqardi.

Foto: One Day Planet
Foto: One Day Planet

Namoyishchilar shu kuni poytaxt markazidagi bir qancha ko‘chalarni va chorrahalarni egallab, transport qatnovini cheklashdi. Ular «Yeritasardakan» metro bekatini to‘sib qo‘yishga harakat qilishgandi, ammo politsiya ularni bu yerdan uloqtirdi. Lekin namoyishchilar Armaniston Konstitutsion sudi binosiga kirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Foto: Aram Kirakosyan / AP
Foto: Karo Sahakyan / Reuters
Foto: Vahan Stepanyan / AP

Birinchi kuni Bagramyan avenyusida yuz bergan politsiya bilan dastlabki to‘qnashuvlarda o‘nlab kishilar jarohatlandi, 46 kishi shifokorlarga murojaat qildi, shundan 6 nafari politsiyachilar.

Foto: © RIA Novosti/Asatur Yesayants
Foto: frognews.bg
Foto: Karo Sahakyan / AP
Foto: Karo Sahakyan / AP
Foto: Dialog.UA
Foto: Tvitter

To‘qnashuvlardan keyin Armanistonda «ommaviy tartibsizliklar» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

«Mazkur fakt yuzasidan «ommaviy tartibsizliklar» va «qonunni buzgan holda yig‘ilishlarni tashkillashtirish va o‘tkazish moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan», - deyiladi Armaniston Bosh prokuraturasi xabarida. Ushbu moddalar bo‘yicha maksimal sanksiya sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni ko‘zda tutadi. 

Foto: M.News
Foto: Tvitter
Foto: Tvitter
Foto: AFP
Foto: AFP

Hukmron Armaniston Respublikachilar partiyasi (ARP) va Arman Inqilobiy federatsiyasi (Dashnaktsutyun) fraksiyasi 16 aprel kuni bir ovozdan Sargsyanni bosh vazirlikka nomzod sifatida ko‘rsatgan. Parlament bu masala yuzasidan 17 aprel kunining ikkinchi yarmida ovoz berishi kutilmoqda.

Foto: Karo Sahakyan / AP

16 aprel kuni kechqurun «Moy shag» harakati yetakchisi hisoblanmish Nikol Pashinyan Yerevan markazidagi Fransiya maydonida chiqish qilib, mamlakat fuqarolarini keyingi kuni ham ko‘chalarga chiqishga va poytaxt ko‘chalarini to‘sib qo‘yib, parlamentda Armanistonning yangi bosh vaziri saylanishiga yo‘l qo‘ymaslikka, fuqarolar itoatsizligi yanada keng qamrovli bo‘lishi lozimligiga chaqirdi.

«Armaniston fuqarolarini ozod qilish vaqti keldi. Mana shu kichik noqulayliklar bilan biz sizni Serj Sargsyan tomonidan bo‘ladigan katta noqulayliklardan qutqarmoqchimiz», – deya baqirdi Pashinyan megafon orqali olomonga qarata.

U agar parlament saylov o‘tkazsa, o‘z tarafdorlari bilan shaharni o‘z qo‘liga olishini ma'lum qilgan. 

Siyosatchi parlament binosi joylashgan ko‘chaga olib boruvchi barcha yo‘llarni - Bagramyan prospekti, Saryan, Proshyan ko‘chalari, shuningdek, Radzanskiy tog‘ darasidan keluvchi ko‘chalarni yopib qo‘yishga chaqirgan. Ko‘chalar avtomobillar, chiqindi idishlari, palatkalar orqali to‘silishi rejalashtirilgan. 

«Bu ishni hozirdanoq boshlash kerak, tundayoq ko‘chalarni egallashimiz kerak. Ertaga butun Armaniston ko‘chalarga chiqishi kerak, biz bu la'nati binoga kirishlariga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak», deya qayd etgan Pashinyan. 

Bugun o‘n minglab kishilar ko‘chaga chiqishi kutilmoqda.

© Sputnik / Asatur Yesayants

Armaniston politsiyasi esa bunday mitinglarning oldini olishga tayyorlanmoqda.

Mavzuga oid