Jamiyat | 09:03 / 19.04.2018
14873
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Nestle» O‘zbekiston bozoriga yangi mahsulotini olib chiqdi

Foto: Nestle

Bugungi kunda O‘zbekiston bozorida ishlab chiqarilayotgan mahalliy mahsulotlarning yangi turlari nafaqat yuqori sifatli va hamyonbop narx bilan, balki bizning eng muhim ehtiyojlarimizga ham javob beradi. Ayniqsa, bu bolalar uchun mo‘ljallangan mahsulotlarga taalluqlidir.

Bolaning aynan ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojini ma'lum bir me'yorda qondirish uchun «Nestle» kompaniyasi tomonidan o‘zbek bozori uchun butunlay yangi bo‘lgan mahsulot «NIDO®» sutli ichimligini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Yangi mahsulot asosi – yog‘liligi 1,8 foiz bo‘lgan tabiiy sut. Mahsulot Namanganda joylashgan «Nestle» zavodida ishlab chiqarilgan va sifati hamda xavfsizligi bo‘yicha barcha xalqaro standartlarga javob beradi.

Eslatib o‘tamiz, «Nestle» kompaniyasi O‘zbekistonda birinchilar qatorida qadoqlangan ultrapasterizatsiyalangan sutini ishlab chiqarishni boshladi. Ushbu jarayon sut temperaturasini tezlik bilan baland darajaga ko‘tarib, xuddi shunday tez sovitishdan iborat.

Ushbu texnologiya tabiiy sutning barcha foydali xususiyatlarini saqlab qolgan holda, zararli mikroblarni o‘ldiradi. Biroq bolalarga aqliy va jismoniy topshiriqlari oshganda qo‘shimcha ko‘mak kerak. Bugungi kun o‘quvchilari boshidan o‘tkazayotgan bu murakkabliklar ota-onalarni tashvishga solib qo‘ymoqda. Bolalar o‘quv jarayoniga jalb qilinib, hayotga birinchi mustaqil qadamini tashlar ekan, har bir ona, bolasi o‘z nazoratida bo‘lmagan paytlari uning to‘liq va bir me'yorda ovqatlanishini qanchalik uddalay olarkanman, deb o‘ylaydi. Bolaning ovqatlanish tartibi bu davrda uning aqliy va jismoniy sog‘ligining muhim jihatlaridan biri sanaladi. Tabiiy sut asosida ishlab chiqarilgan ushbu ichimlik maktab yoshidagi bolalarning ovqatlanishida foydali qo‘shimcha hisoblanadi. Bunga sabab uning tarkibida vitamin va mikroelementlar mavjudligidir. Ushbu yangi mahsulotda yog‘ miqdori 1,8 foizni tashkil etadigan sut bolaning yangi bilimlarni o‘zlashtirish qobiliyatini yaxshilaydigan  temir va V vitamini, immunitetni kuchaytiradigan A va S vitaminlari va rux, shuningdek, bolaning o‘sishi uchun oqsil va D vitamini bilan boyitilgan.

Bugungi kunda mahsulot O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida joylashgan do‘konlarda mavjud bo‘lib, ota-onalar farzandlari hatto ularning nazorati ostida bo‘lmaganda ham ularga g‘amxo‘rlik qilish imkoniyatini beradi. «NIDO®» juda qulay – uni bolalar o‘zi bilan birga maktabga, sport mashg‘ulotlariga yoki piyoda sayohatga olib ketishi mumkin. Bundan tashqari, bolalar uchun shirin ta'm va nozik vanil hidiga ega.

Foto: Nestle

«NIDO®» sutli ichimligi 5­-10 yoshli bolalarning o‘quv kuni davomida olingan murakkab topshiriqlarni uddalay olishlariga yordam berish uchun mo‘ljallangan mahsulot», - deb izohlaydi «Nestle Agro» direktori Abror Mahkamov. - Bolalar uchun og‘ir bo‘lgan maktab davrida ular organizmining rivojlanishiga «mazali» tarzda yordam beradi, deb o‘ylaymiz. Mahsulotimizni tabiiy sut asosida ishlab chiqardik va organizmni kerakli ozuqa moddalar bilan ta'minlab, o‘suvchi organizmga ijobiy ta'sir qiladigan vitamin va minerallar bilan boyitdik. Yoqimli shirin ta'mi va nozik vanil hidi bor. Bundan tashqari, iste'molga tayyor mahsulot bolalar uchun qulay bo‘lgan 200 millilitrli va butun oila uchun 1 litrli sig‘imdagi «Tetra Pak» o‘ramlariga ega».

«NIDO®» haqida
   
«NIDO®»  brendi 1944 yilda paydo bo‘lgan va 70 yil mobaynida  Nestle’ning eng mashhur brendlaridan biridir.

Bugungi kunda «NIDO®» 80dan ortiq mamalakatda sotilmoqda

Har kuni 60 milliondan ortiq stakanda «NIDO®» ichiladi

Batafsil ma'lumotlar www.nestlenido.com sahifasida

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid