Sport | 12:16 / 20.04.2018
19272
2 daqiqa o‘qiladi

«Dinamo» nega bir kunda ikkita uchrashuv o‘tkazishga majbur?

Foto: Dinamo Fk

Samarqandning «Dinamo» klubi bugunning o‘zida ikkita uchrashuvda maydonga tushadi. Avvaliga jamoa Tojikistonning «Xo‘jand» jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil qilsa, oradan ko‘p o‘tmay, darhol PRO-liga doirasidagi «Mash'al»ga qarshi o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Tojikiston va O‘zbekiston mamlakatlarining do‘stlik aloqalari ramzi sifatida qo‘shni davlatning So‘g‘d viloyati va Samarqand viloyati mutasaddilari tomonidan tashkil qilinayotgan o‘yin sabab, Tojikiston futbol federatsiyasi milliy chempionat doirasidagi «Xo‘jand» va «Ko‘ktosh» jamoalari uchrashuvini boshqa muddatga qoldirgan. Natijada 21 aprel kuni o‘tkazilishi lozim bo‘lgan uchrashuv kechroq muddatga qoldirilgan.

Ammo O‘zbekiston professional futbol ligasi «Dinamo»ning PRO-liga uchrashuvini qoldirishini so‘rab qilgan murojaatini inobatga olmagan. Agar «Dinamo» «Mash'al»ga qarshi o‘yinda maydonga tushmagan taqdirda, jamoa katta jarimaga tortilishi va PRO-liga musobaqalaridan chetlatilishgacha bo‘lgan choralar ko‘rilishini ma'lum qilgan.

Natijada «Dinamo» bir kunda ikkita uchrashuv o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan. «Xo‘jand»ga qarshi uchrashuv soat 18:00da boshlansa, soat 20:00da jamoa «Mash'al» bilan o‘ynaydi.

Samarqandda «Dinamo» bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazadi

Mavzuga oid