Jahon | 20:52 / 20.04.2018
16949
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘l va oyoqsiz geymer Internet yulduziga aylandi

Foto: ASIA WIRE

Xitoylik Yuan Lidon tug‘ma nogironlik bilan dunyoga kelgan - uning qo‘llari va oyoqlari yo‘q. 37 yoshli erkak videoo‘yinlar o‘ynashga qiziqib qoldi va Internet yulduziga aylandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda "Delfin-inson" nomi berilgan Lidon taxminan yarim yilda videoo‘yinlar o‘ynashni o‘rgandi. U taom tayoqchalarini og‘ziga solib, ular yordamida sichqoncha yoki klaviaturani boshqaradi. Lidon onlayn-strategiyalarga qiziqadi, taniqli Quanmin platformasida uning strimlarini kuzatuvchi 130 000 dan ziyod muxlisi bor.

Yuan Lidonning asosiy daromadi — strimlardan tushgan donatlar va muxlislarning pul vositalari. Geymerning so‘zlariga ko‘ra, pul topish usulini izlashga uni nogironlikka doir o‘ta past pensiya undagan. Lidonning aytishicha, ko‘plar ularga qarshi qo‘l va oyoqsiz odam o‘ynayotganiga ishonishmaydi. "Tashqi ko‘rinishimiz qanday bo‘lishiga qaramay, biz eng avvalo inson ekanimizni unutmasligimiz kerak", - deydi geymer.

 

Mavzuga oid