Jahon | 16:59 / 21.04.2018
6818
2 daqiqa o‘qiladi

Yerevanda yana ommaviy qo‘lga olishlar

Foto: Reuters /Vahram Baghdasaryan

Armaniston politsiyasining jamoatchilik bilan aloqalar va axborot boshqarmasi boshlig‘i Ashot Agaronyanning ma'lum qilishicha, Yerevanda Serj Sargsyanning bosh vazir etib saylanishiga qarshi norozilik namoyishlarida ishtirok etgan 62 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Ayni damda Yerevandagi politsiya bo‘linmalariga 62 kishi olib kelingan», - deya aytib o‘tdi Agaronyan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston yangi bosh vaziri Serj Sargsyan o‘zining tayinlanishiga qarshi bo‘lgan norozilik namoyishlari yetakchisi Nikol Pashinyanni muloqotga chaqirgandi.

Uning ta'kidlashicha, hukumat fuqarolarning tinch aksiyalarga bo‘lgan huquqini har doim hurmat qilgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi, biroq ro‘y berayotgan jarayonlar taxmin qilib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston politsiyasi Yerevan markazida 106 namoyishchini qo‘lga olgani xabar berilgandi

 

Mavzuga oid