Sport | 21:00 / 21.04.2018
6993
1 daqiqa o‘qiladi

RFPL. «Rostov» Eldor Shomurodov tufayli mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Rossiya chempionatining 27-turida «Rubin» o‘z maydonida «Rostov»ni qabul qildi.

40-daqiqada Noboa gol urib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 67-daqiqada Parshivlyuk hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Golga olib kelgan kombinatsiyani hamyurtimiz Eldor Shomurodov boshlab berdi. Bugun u asosiy tarkibda tushib, o‘yin oxirigacha harakat qildi.

Bu natijadan so‘ng, «Rubin» 35 ochko bilan 7-o‘rinda, «Rostov» 31 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.

RFPL, 27-tur
Rubin – Rostov 1:1 (1:0, 0:1)
21 aprel, «Tsentralniy Kazan» stadioni
Gollar: 1:0 – 40 Noboa, 1:1 – 67 Parshivlyuk. 
Rubin – Janayev, Navas, Granat, Kudryashov, Sorokin, Popov, Podberezkin (Shekari, 74), Mogilevets (Konovalov, 83), Noboa, Jyemaletdinov (Karadeniz, 63), Kuzmin.
Rostov – Abayev, Sigurdsson, Vilyush, Parshivlyuk, Ingason, Gatskan, Sapeta (Guliyev, 46), Ionov, Bayramyan (Skopintsev, 74), Yusupov (Zuyev, 61), Shomurodov.

Mavzuga oid