Jahon | 10:01 / 23.04.2018
13757
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston bosh vaziri kortej va yo‘llarni to‘sib qo‘yishdan bosh tortdi

Qirg‘iziston bosh vaziri etib tayinlangan Muhammadkali Abilg‘oziyev kortej va yo‘llarni to‘sib qo‘yishdan bosh tortdi.

Guvohlarning 24.kg’ga xabar berishicha, hukumat rahbari bugun ishga juda vaqtli – soat taxminan 7:30da kelgan. Shu bilan birga, unga kortej hamrohlik qilmagan.

Bosh vazir apparatidan ta'kidlashlaricha, Muhammadkali Abilg‘oziyev shanba, 21 aprel kuni, DMXQ yangi raisini tanishtirib, Idris Qodirqulovga ortiqcha qo‘riqlash xizmati va hamrohlik qiluvchi xodimlarni olib tashlash haqida topshiriq berdi.

Hukumat rahbari apparatidan qayd etishlaricha, Muhammadkali Abilg‘oziyevning avtomashinasi harakatlanadigan yo‘llarda harakat to‘sib qo‘yilmaydi. Bu haqda ham bosh vazirning o‘zi ko‘rsatma bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston prezidenti apparati boshlig‘i Muhammadkali Abilg‘oziyev hukumat rahbari lavozimiga nomzodga aylangani xabar berilgandi.

 

Mavzuga oid