Jahon | 00:13 / 25.04.2018
20548
2 daqiqa o‘qiladi

O‘rdaklar tezlikni oshirishda “ushlandilar”

Aniqlanishicha, nafaqat odamlar, balki o‘rdaklar orasida ham yo‘llarda tezlikni oshirishni xush ko‘ruvchilar bor ekan. Shunday qoidabuzar o‘rdaklar Bern shahridagi yo‘l kamerasi tomonidan qayd qilingan. 

Deutsche Welle

Shveytsariya politsiyasining ma'lum qilishicha, yo‘ldagi kamera uch kun ichida ikki marta yo‘lning bir qismida tezlik oshirilganini qayd qilgan. Aniqlanishicha, qoidani o‘rdaklar buzgan. Qush belgilangan 30 km/soat o‘rniga kamera ostidan 52 km/soat tezlik bilan uchib o‘tgan, ya'ni belgilangan me'yordan 22 km/soat tezroq harakatlangan.

Foto: Vestnik K

3 kundan keyin o‘sha kamera yana bir tezlik oshirilishi qoidabuzarligini qayd qilgan. Qoidabuzar yana o‘rdak bo‘lib chiqqan. 

Politsiya jinoyat bir o‘rdak tomondan sodir etilgani, yoki “qoidabuzarlar” boshqa-boshqa o‘rdaklar bo‘lganini aniqlay olmayotganini aytgan.

Foto: facebook/Gemeinde Köniz

O‘rdakning (yoki o‘rdaklarning) omadi kelgan ekan, ular jarima to‘lamaydilar. Agar uning o‘rnida haydovchi bo‘lganda mo‘maygina jarima to‘lashiga to‘g‘ri kelardi va bir oyga haydovchilik guvohnomasidan mahrum bo‘lardi. 

Mavzuga oid