Jahon | 01:20 / 26.04.2018
9853
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyalik ayol siyosatchi tana kremini o‘g‘irlagani uchun iste'foga ketdi

Foto: flickr.com/Cristina Cifuentes

Ispaniyaning Madrid avtonom hamjamiyati hukumati raisi Kristina Sifuentes tanaga surtiluvchi kremni o‘g‘irlashdagi ayblovlar sababli iste'foga ketishiga to‘g‘ri keldi. O‘g‘rilik 2011 yilda sodir etilgan, biroq uning kuzatuv kameralariga qayd qilingan yozuvi jurnalistlar qo‘liga yaqinda tushgan. Shundan keyin videoyozuv Okdiario elektron nashrida e'lon qilingach, ayol siyosatchining siyosiy raqiblari tomonidan unga qarshi qo‘llandi.

Ta'kidlanishicha, voqea sodir bo‘lgan kuni supermarket qo‘riqchisi Sifuentesning sumkasidan 40 yevrolik ikkita tyubik yoshga qarshi kremni aniqlagan. Ayol zararni joyida qoplashga tayyor bo‘lgan, biroq xavfsizlik xizmati uni politsiya kelishigacha ushlab turishga qaror qilgan.

Keyin Sifuentes qo‘yib yuborilgan. Gaplarga qaraganda, unga jarima yozib berilgan. Ayolning o‘zi esa kremlar uning sumkasiga qanday tushib qolganini yotig‘i bilan tushuntirib bera olmagan. 

Ayol siyosatchi ushbu voqeaga izoh berib, uni “tasodifiy xatolik” deb atab, “bunday vaziyatda qilishi kerak bo‘lgan ishni qilishi lozimligini” aytgan.

“Men shu kunlar jamoam bilan gaplashdim va dastlab iste'foga ketishimni ma'muriy tadbirlardan keyin 2 mayda e'lon qilmoqchi edim. Biroq men buni ertaroq qilaman va Madrid hamjamiyati raisi lavozimidan ketishimni e'lon qilaman”, deb aytgan Sifuentes matbuot anjumanda. 

Mavzuga oid