Jamiyat | 10:04 / 26.04.2018
12012
1 daqiqa o‘qiladi

Qidiruvda bo‘lgan shaxs Sankt-Peterburg shahrida qo‘lga olindi

Buxoroda talonchilik jinoyatini sodir etib, qidiruvda bo‘lgan shaxs Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro IIB xabar berdi.

O‘tkazilgan “Qidiruv” tadbirlari davomida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi hamda 3-qismi “b” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun 2017 yilning yanvar oyidan buyon qidiruvda bo‘lgan, Kogon shahar, Mash'al ko‘chasida yashagan, 1995 yilda tug‘ilgan A.S. Rossiya Federatsiyasining  Sankt-Peterburg shahrida qo‘lga olindi.

U O‘zbekiston Respublikasiga olib kelingan va Buxoro viloyati IIBga qarashli 3-sonli Tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

 

Mavzuga oid